Matbuot markazi

UK "Qo'ng'irot soda zavodi" ehtiyojlari uchun «Tuz yuvish uskunasi»ni sotib olish uchun tender e'lon qiladi.

// 17 December 2014 yil

UK "Qo'ng'irot soda zavodi" ehtiyojlari uchun «Tuz yuvish uskunasi»ni sotib olish uchun tender e'lon qiladi. Tenderda mahsulotni tegishli miqdorda etkazib berish bo'yicha tajribaga, shuningdek, mahsulot va / yoki ularning vakolatli etkazib beruvchi ishlab chiqaruvchilari bilan, jumladan, kichik biznes xorijiy firma va tashkilotlar, shuningdek, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari (etkazib beruvchilari), uchun ochiq .


2014 yil yanvar-senyabr oylarining yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” DAK korxonalari faoliyati to'g'risida

// 23 October 2014 yil

2014 yilning 9 oyi yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” korxonalarida 1479 mlrd. so'mlik tovar mahsulot (o'sish sur'ati 104,1%) hamda 140,7 mlrd.so'mlik xalq iste'mol mollari (o'sish sur'ati 129,5%) ishlab chiqarildi. Sof holda 881,91 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 718,55 ming tonna azotli o'g'itlar, 101,72 ming tonna fosforli o'g'itlar va 61,64 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.


Istiqlolimizning 23-yilligi bilan tabriklaymiz!

// 26 August 2014 yil

“O'zkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi respublikamiz kimyogarlari nomidan O'zbekiston xalqini hammamiz uchun eng ulug', eng aziz sana – Vatanimizning Mustaqillik kuni, Istiqlolimizning 23-yilligi bilan tabriklaydi!

Ushbu nurafshon ayyomda barchaga mustahkam sog'liq, yaxshi kayfiyat,oilaviy baxt-saodat va yangidan-yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!

El-yurtimiz omon, osmonimiz musaffo, Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!


NPK murakkab mineral o'g'itni ishlab chiqarish

// 11 August 2014 yil

«Samarqandkimyo» AJ NPK murakkab mineral o'g'itni ishlab chiqarishni boshladi (15:15:15). Mazkur o'g'itni bo'yicha savollar va qiziqishlar bilan «Zzkimyosanoat» DAK ning Markenting va TIA boshqarmasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojjat qilishingiz mumkin: (998 71) 140 74 52, (998 71) 140 74 36.


2014 yil yanvar-iyun oylarining yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” DAK korxonalari faoliyati to'g'risida

// 22 July 2014 yil

2014 yilning I yarimyilik yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” korxonalarida 995,3 mlrd. so'mlik tovar mahsulot (o'sish sur'ati 103,6%) hamda 91,3 mlrd.so'mlik xalq iste'mol mollari (o'sish sur'ati 134,4%) ishlab chiqarildi. Sof holda 589,68 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 466,87 ming tonna azotli o'g'itlar, 76,44 ming tonna fosforli o'g'itlar va 46,37 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.