“O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi kimyo korxonalari tomonidan Davlat kafolati ostida xorijiy mamlakatlar moliyaviy institutlaridan jalb qilingan kredit mablag'lari hisobiga amalga oshirilgan investitsiya loyihalari va ularning samarasi yuzasidan tayyorlangan video rolik
Wyndham mehmonxonasida O'zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O'zEOAVMA) tomonidan tashkil etilgan “Davlat tashqi qarzi: qarz mablag'larini sarflash yo'nalishi va loyihalarning samaradorligi” mavzusida brifing bo'lib o'tdi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati mamlakatimiz miqyosida o'tkazilayotgan “Obod va ko'rkam mahallam” obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etmoqda. Jamiyat tarkibidagi barcha korxona-tashkilot xodimlar va tizimda faoliyat yuritayotgan yoshlar nafaqat korxona hududi balki korxonaga tutash hududlar obodligiga o'z xissalarini qo'shishmoqda.
Joriy yilning 12 mart kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 20841 tonna 44981,0 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi. Bir kun avval bu ko'rsatkich past bo'lgan ya'ni 11 mart kuni 43619,0 mln. so'mlik 21068 tonna mineral o'g'itlar sotilgan.
Uchrashuvda “O'zkimyosanoat” AJ vakillari “Qirg'iziston o'g'it yetkazib beruvchilar assotsiatsiyasi” yuridik shaxslar uyushmasi raisi E.Akunbekov bilan muzokalar olib bordi. Tadbir davomida Qirg'iziston Respublikasiga mineral o'g'itlar va kimyoviy mahsulotlar yetkazib berish bo'yicha ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.