O‘zbekiston Milliy matbuot markazida tashkil etilgan matbuot anjumanida “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan joriy yil davomida ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari, hajmi va uning turlari hamda amalga oshirilgan investisiya loyihalar haqida ma'lumot berildi.
Joriy yilning 27-sentabr kuni “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 6011 tonna 18837,0 mln. so‘mlik mineral o‘g‘itlar sotildi. O’tgan hafta bu ko‘rsatkich past bo‘lgan, ya'ni 24-sentabr kuni 16998,9 mln. so‘mlik 5179 tonna mineral o‘g‘itlar sotilgan.
Tender komissiyasining 2021 yil 23 sentyabrdagi 2-sonli majlisi bayoni qaroriga ko‘ra ““Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ qo‘shma korxonasida kalsinatsiyalangan soda ishlab chiqarishni yiliga 250 ming tonnaga kengaytirish” loyihasi bo‘yicha tender takliflarini taqdim etish muddati 2021 yilning 4-oktyabri soat 15:00 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar uzaytirildi.
Joriy yilning 24-sentabr kuni “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 5179 tonna 16998,9 mln. so‘mlik mineral o‘g‘itlar sotildi. Bir kun oldin bu ko‘rsatkich past bo‘lgan, ya'ni 23-sentabr kuni 12471,5 mln. so‘mlik 5451 tonna mineral o‘g‘itlar sotilgan.