“Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan Toshkent viloyatida joylashgan “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkiga tashkillashtirilgan press-tur haqida lavha va reportajlar efiga uzatildi.
Ijtimoiy tarmoqlar va bir qancha Telegram kanallarida tarqalgan, “Zavod omborlaridan chiqayotgan zahar artizan va buloqlarimizni ifloslantirmoqda” mazmunidagi murojaat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.
Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda bir qator jamoat tashkilotlari tashabbusi bilan 2022-yil 28-29-sentabr kunlari “Xonatlas-2022” festivali oʻtkazilmoqda.
“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi o‘z savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2022-yil 29-sentabr sanasidagi yakuni bo‘yicha ma'lumotlarni taqdim etadi.
“O`zkimyosanoat” AJ Kuzatuv kengashi majlisining 2022-yil 29-sentabrdagi 22-son bayonnomasiga asosan Korjikov Yevgeniy Aleksandrovich “O`zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.