1-mart – Zulfiyaxonim tavallud topgan kun

// 01 March 2023 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (31.16 KB)

Yurtimizda bahorning ilk kunini har yili O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova tavalludi bilan qarshi olish anʼanaga aylangan. Uning xalqimiz qalbiga singib ketgan “Hayot jilosi”, “O‘rik gullaganda”, “Xayollar”, “Sog‘inish”, “Bahor keldi seni so‘roqlab” kabi qator sheʼrlarida chin maʼnoda hayot nafasi ufurib turadi. Zulfiyaxonim 50-60-yillardan boshlab shoira, jurnal bosh muharriri, jamoat arbobi sifatida faqat respublikamizda emas, qardosh mamlakatlar, hatto, dunyo minbarlarida ham o‘zbek ayoli nomidan so‘z aytgan, she’r o‘qigan. U o‘zbek qizlari uchun vafo va sadoqat timsoli bo‘lib, qalblarda mangu yashaydi.