“Oʻzkimyosanoat” AJ tizimida 2022-yil 1-yarim yillikda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash yuzasidan olib borilgan ishlar toʻgʻrisida BRIFING

// 28 September 2022 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (34.3 KB)

Assalomu aleykum aziz yurtdoshlar hurmatli teletomoshabinlar. Bugungi brifingimizda “Oʻzkimyosanoat” AJ tizimida 2022-yil 1-yarim yillikda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash yuzasidan olib borilgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni taqdim etamiz.

2022-yil yanvar-iyun oylari davomida “Oʻzkimyosanoat” AJ ijro apparatiga  tushgan jami murojaatlar soni 294 tani tashkil etib, shundan 73 tasi yuridik shaxslardan, 221 tasi jismoniy shaxslardan kelib tushgan. Jami murojaatlarning 41 tasi qanoatlantirilgan, 253 tasi boʻyicha tushuntirish berilgan.

Murojaatlarning 104 tasi ishga kirish, 30 tasi mineral oʻgʻit eksporti, 30 tasi homiylik yordami koʻrsatish, 27 tasi Qonun va tartib buzilishlari, 25 tasi mineral oʻgʻit sotib olish, 14 tasi ish haqini oshirish va olish, 12 tasi hamkorlik qilish, 10 tasi debitor va kreditor qarzdorlik, 4 tasi konvertatsiya,  38 tasi boshqa masalalar yuzasidan kelib tushgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali 2022-yil 1-yarim yillikda “Oʻzkimyosanoat” AJga jami 116 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 11 tasi qanoatlantirilgan, 102 tasi boʻyicha tushuntirish berilgan, 3 tasi tegishliligi boʻyicha yuborilgan. Murojaatlarning aksariyati Navoiy, Qashqadaryo, Toshkent va Fargʻona viloyatlari hamda Toshkent shahrida yashovchi fuqarolarga toʻgʻri keladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari orqali 2022-yil 1-yarim yillikda “Oʻzkimyosanoat” AJga jami 3 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 1 tasi ijobiy hal qilingan, 2 tasi boʻyicha tushuntirish berilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi orqali  2022-yil 1-yarim yillikda “Oʻzkimyosanoat” AJga jami 46 ta murojaat kelib tushgan. Murojaatlarning aksariyati yuridik shaxslarga tegishli boʻlib, ularning  21 tasi mineral oʻgʻit eksporti, 10 tasi mineral oʻgʻit sotib olish yuzasidan, 6 tasi ishga joylashish, 4 tasi hamkorlik,  5 tasi boshqa  masalalar yuzasidan kelib tushgan.

2022-yil 1-yarim yillikda “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruv raisi tomonidan “Maksam-Chirchiq” AJ va “Dahqonobod kaliy zavodi” AJda, “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari tomonidan “Navoiyazot” AJda,  “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruv raisining investitsiya va innovatsiya masalalari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan Sayyor qabullar oʻtkazilgan. Sayyor qabular davomida 27 nafar fuqaro qabul qilingan. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari jamiyatning ijro apparatida koʻrib chiqilgan hamda qonunda belgilangan muddatlarda murojaat mualliflariga javob berilgan. Eʼtiboringiz uchun rahmat salomat boʻling.