O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 apreldagi PQ-4265-sonli «Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qaroriga muvofiq «Dehqonobod kaliy zavodi» AJ ustav kapitalining 51 foiz va undan ortiq miqdoridagi aksiyalar qo'shimcha chiqariluvini sotilishi nazarda tutilgan.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan jamiyat Nizomida belgilangan faoliyat turlarini amalga oshirishda, targ'ibot va axborot materiallarida asosiy indentifikator sifatida foydalaniladigan zamonaviy, original va oson taniladigan logotipni yaratish uchun tashkilotning eng yaxshi logotipi va shiori uchun tanlov e'lon qilindi.
«O'zkimyosanoat» AJ iqtisodiyot va moliya bo'yicha boshqaruv raisi o'rinbosari lavozimiga konkurs tanlov e'lon qiladi.