“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati Korxona boshqaruvi axborot tizimini ( ERP ) dasturlash va joriy qilish bo‘yicha tender e’lon qiladi

// 13 April 2023 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (51.3 KB)

Tender shakli: elektron

Boshlang‘ich bahosi: 42 500 000 000 (qirq ikki milliard besh yuz million) so‘m QQSsiz.

  1. Tender tashkilotchisi: “ Navoiyazot ” AJ.

Aloqa uchun shaxs: Nasirov Qudrat “O‘zkimyosanoat” AJ Raqamli transformatsiya loyihalarini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi

Aloqa raqami: +998 90 007 73 37

Elektron pochta: k.nasirov@uks.uz 

Qo‘ngiroqlar ish kunlari soat 09:00 dan 18:00 gacha qabul qilinadi.


  1. Tender ishtirokchisiga qoyiladigan talablar :

Tegishli tovarlarni (ishlarni) yetkazib berish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasida shunga o‘xshash yetkazib berishni amalga oshirishda ishtirok etish uchun qonunchilikda taqiq qo‘yilmagan mahalliy hamda xorijiy yetkazib beruvchilar (ijrochilar) tenderda ishtirok etishi mumkin.

Tender ishtirokchisi majbur:

- davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilishga;

- tender hujjatlari talablariga javob beradigan takliflar va hujjatlar taqdim etishi hamda taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligiga;

- asosiy benefisiar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor qilishga;

- g‘olib deb topilgan taqdirda davlat buyurtmachisi bilan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda shartnoma tuzishga.

Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar tender o‘tkazish bo‘yicha xarid hujjatlarida ko‘rsatilgan.


  1. Elektron tender o‘tkazuvchi operatorning nomi, operatorning veb-sayti: “O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ , www.uzex.uz.

Tender o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lon va tender bo‘yicha xarid hujjatlari joylashtirilgan maxsus axborot portali: https://etender.uzex.uz/lot/247336

Tender takliflari portalda e’lon qilingan kundan boshlab 30 ish kuni ichida qabul qilinadi. https://etender.uzex.uz/lot/247336


  1. Tender taklifini bajarishga qo‘yiladigan talablar:  Tender ishtirokchisi uchun yo‘riqnomada (IUT) belgilangan talablarga muvofiq ishtirokchining takliflari shartnomani bajarish uchun zarur texnik, moliyaviy, moddiy, insoniy va boshqa resurslar mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan texnik va narx takliflari hujjatlarini ishtirokchining vakolatli shaxsi tomonidan imzo bilan tasdiqlangan bo‘lishi shart.

  1. Tender taklifini ta’minlashga qo‘yiladigan talablar: Tender ishtirokchisi (IUT) da belgilangan amal qilish muddati mobaynida o‘z taklifi uchun kafolatini taqdim etishi shart.