“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ ustav kapitalidagi 51 foiz aksiyalarini salohiyatli investorlarning eng yaxshi takliflarini tanlash yo'li bilan sotish muddati uzaytirildi

// 05 November 2020 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (48.3 KB)

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati mamlakatimizda amalda bo'lgan pandemiya sharoitida tashkilot tizimidagi “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ ustav kapitalining 51 foiz aksiya paketini investitsiya kiritish sharti bilan sotish muddati 2021 yil 1 aprelgacha uzaytirilganligini ma'lum qiladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 apreldagi PQ-4265-sonli “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga muvofiq “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ ustav kapitalining 51 % (100 foiz “O'zkimyosanoat” AJ ulushi) aksiya paketi Davlat tender komissiyasining qaroriga asosan investitsiya kiritish sharti bilan sotiladi.

Davlat mulkini sotishda tender savdolari o'tkazish bo'yicha Davlat komissiyasining qarori bilan (2019 yil 30 sentabr, №02/1-1328) “Dehqonobod kaliy zavodi” AJning ulushini sotish shartlariga, “Ernst&Young Advisory” MChJ investitsiya maslahatchisi ishtirokida salohiyatli investorlarning eng yaxshi takliflarini tanlash yo'li bilan ulushni quyidagi tartib va shartlarda sotish ko'zda tutilgan.

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ ustav kapitalining 51 foiz aksiya paketini sotish muddati uzaytirilganligi munosabati bilan barcha xorijiy investorlarni o'z sarmoyalarini yanada ko'paytirishga va mamlakatimiz kimyo sanoati rivojiga o'z xissasini qo'shishga chorlab qolamiz.

Batafsil ma'lumot uchun qo'yidagi manzillarga murojaat etishingiz mumkin:

“O'zkimyosanoat” AJ, Toshkent sh., Navoiy ko'chasi 38.
Tel: +998(78) 140-74-02. Veb-sayt: www.uzkimyosanoat.uz, elektron pochta manzili: project_rafael@uks.uz

Sotuvchining investitsion maslahatchisi: “Ernst & Young Advisory” MChJ, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mustaqillik shoh ko'chasi 75, Inkonel” Biznes markazi. Tel: +998(78) 140-64-10, Veb-sayt: www.ey.com/uz/en/home, elektron pochta manzili: tashkent@uz.ey.com

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi 6. Tel: +998(71) 259-22-10, 259-22-02, 259-20-70,
Faks: +998(71) 239-47-84, Veb-sayt: www.davaktiv.uz, elektron pochta manzili: info@davaktiv.uz