“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi oʻz savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2024-yil 26-aprel sanasidagi yakuni boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etadi.
Joriy yilning 1-6-may kunlari Toshkent shahrida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining premyer liga bahslari bo‘lib o‘tdi.
Yashil makon ekologik aksiyasi doirasida "Maxam-Chirchiq" AJning "Ammoniy sulfat va sulfat kislota" ishlab chiqarishida tashkil etilgan "Yoshlar bog'i"ni obodonlashtirish hamda begona va yovvoyi o'tlardan tozalash maqsadida "Ammoniy sulfat va sulfat kislota" ishlab chiqarishi hamda "Yoshlar ittifoqi" bilan hamkorlikda 29-30 aprel hamda 1,2,3 may kunlari mobaynida "Hashar–biz yoshlarga yarashar" shiori ostida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Oʻzbekistonda kimyo sanoatining yillik oʻsish surʼatlarini taʼminlash uchun qanday reja va strategiyalar ishlab chiqilmoqda? Sohani xorijiy investorlar uchun yanada jozibadorligini oshirish maqsadida qanday chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak? Yalpi majlisda ushbu savollarga batafsil javob olish imkoni yaratildi.
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida “Navoiyazot” AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadov hamda “Sinoma energy” kompaniyasi bosh menejeri Zuo Dayong Navoiy viloyatining Karmana tumanida “Fotoelektrstansiya qurish va elektr energiya saqlash uchun akkumlyatorlar joylashtirish loyihasi” doirasida elektr energiya xarid qilish (PPA) kelishuvini tantanali tarzda imzoladi.