2017 yilning birinchi yarmida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 1155 mlrd. so'mlik tovar mahsulot hamda 61,4 mlrd. so'mlik xalq iste'mol mollari ishlab chiqarildi. Sof holda 523,7 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 393,48 ming tonna azotli o'g'itlar, 58,48 ming tonna fosforli o'g'itlar va 71,74 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 21 iyul kuni Angren shahriga tashrif buyurdi. Toshkent viloyatida kimyo sanoati, neft-kimyo, qora va rangli metallurgiya, elektrotexnika, mashinasozlik va metallni qayta ishlash kabi zamonaviy sanoat tarmoqlari yaxshi rivojlangan.
2017 yil 7 may kuni “O'zkimyosanoat” konferents-zalida “O'zbekiston-Qozog'iston” do'stlik jamiyatining yangi boshqaruvini saylash bo'yicha tashkiliy yig'ilishi bo'lib o'tdi.
«O'zekspomarkaz»da qishloq va suv xo'jaligi, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va iste'mol tovarlari hamda eksport salohiyatini va mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish komplekslarining tarmoqlararo sanoat yarmarkasi ochildi.
2017 yilning birinchi choragida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 480,1 mlrd. so'mlik tovar mahsulot hamda 26,6 mlrd. so'mlik xalq iste'mol mollari ishlab chiqarildi.