Tarmoq yangiliklar

“Navoiyazot” AJ faoliyati so'nggi to'rtinchi avlod texnologiyalari asosida qaytadan tashkil etiladi

// 04 October 2019 yil

O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish Davlat qo'mitasi veb-saytida «NAVOIYAZOT» aksiyadorlik jamiyati sexlari vaqtincha to'xtatildi» sarlavhali axborot chop etildi. Ushbu axborot respublikaning boshqa saytlarida ham yoritildi. Shu munosabat bilan “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati quyidagilarni ma'lum qiladi.


Mamlakatimiz va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari “Navoiyazot” AJ faoliyati bilan tanishdi

// 02 October 2019 yil

O'zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, “O'zkimyosanoat” AJ, shuningdek, “ENTER Engineering” qurilish kompaniyasi tomonidan “Navoiyazot” AJ faoliyati bilan tanishtirish maqsadida mamlakatimiz va xorijiy OAV vakillari uchun press-tur tashkil qilindi. Ushbu kompleks O'zbekiston kimyoviy vositalari umumiy hajmining 30% dan ortiq qismini ishlab chiqaradi, sanoatning deyarli barcha tarmoqlari, transport, qishloq xo'jaligi, yoqilg'i-energetika kompleksi, shuningdek, xizmat ko'rsatish, savdo, fan, ta'lim va madaniyat sohalari ehtiyojlarini qondiradi.


Doim e'zozdasiz, aziz ustozlar

// 30 September 2019 yil

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O'zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan 1-oktabr – “O'qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Doim e'zozdasiz, aziz ustozlar” mavzusida tadbir tashkil etildi.


“Vatanparvarlik, fidoyilik, sadoqat – eng oliy burchimizdir!”

// 20 September 2019 yil

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Vatanparvarlik, fidoyilik, sadoqat – eng oliy burchimizdir!” mavzusida tadbir tashkil etildi.


Atrof-muhit himoyasiga barchamiz mas'ulmiz

// 10 September 2019 yil

O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni himoya qilish Davlat qo'mitasi veb-saytida “O'zkimyosanoat” AJ tarkibiga kiruvchi korxonalarda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat ekologik nazorati amalga oshirildi” sarlavhali axborot chop etildi. Ushbu axborot respublikaning boshqa saytlari hamda ijtimoiy tarmoqlarida ham yoritildi. Shu munosabat bilan “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati quyidagilarni ma'lum qiladi.