Tarmoq yangiliklar

“Samarqandkimyo” AJ negizida murakkab meniral o'g'itlar ishlab chiqarishning zamonaviy, ekologik jihatdan zararsiz majmuasi ishga tushiriladi hamda 500 ta yangi ish o'rinlari yaratiladi

// 07 February 2020 yil

Ijtimoiy tarmoqlarda o'z blogerlik faoliyatini yuritayotgan kanal mualliflaridan biri “Samarqandkimyo” AJ negizida Samarqand viloyatida murakkab mineral o'g'itlari ishlab chiqarish kimyoviy majmuasi barpo etiladigan bo'libdi va nol qiymatda tanlovsiz chet ellik investorga sotilibdi. Chet ellik investor ham o'zimizning qorako'zlar, albatta.” matnidan iborat munosabati e'lon qilindi. Shu munosabat bilan “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati quyidagilarni ma'lum qiladi.


Samarqand viloyatida murakkab mineral o'g'itlar ishlab chiqarish kimyoviy majmuasini barpo etish loyihasi

// 07 February 2020 yil

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 5 fevraldagi “Samarqand viloyatida murakkab mineral o'g'itlar ishlab chiqarish kimyoviy majmuasini barpo etish” investitsiyaviy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 61-sonli qaroriga muvofiq, 2023 yil 1 iyuliga qadar “Samarqandkimyo” AJ negizida murakkab meniral o'g'itlar ishlab chiqarishning zamonaviy, ekologik jihatdan zararsiz majmuasi ishga tushiriladi.


“Navoiyazot” AJ va “Elektrokimyozavod” AJ QK laboratoriyalarining texnik va uslubiy ta'minoti o'rganildi

// 05 February 2020 yil

Tarmoq korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning xavfsizligini, sifatini va raqobatbardoshligini yanada oshirish maqsadida, maxsus Ishchi guruh tomonidan “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalar laboratoriyalarning texnik jixozlari va uslubiy ta'minotini o'rganish ishlarini davom ettirilmoqda.


TAYINLOV: “O'zkimyosanoat” atsiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi vazifasini bajarish Energetika vazirining birinchi o'rinbosari – “O'zatom” agentligi bosh direktori Jo'rabek Tursunpo'latovich Mirzamaxmudovga yuklatildi

// 31 January 2020 yil

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O'zkimyosanoat” AJ rahbar kadrlarini lavozimlarga tasdiqlash to'g'risida”gi qaroriga muvofiq, “O'zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajarish Energetika vazirining birinchi o'rinbosari – “O'zatom” agentligi bosh direktori Jo'rabek Tursunpo'latovich Mirzamaxmudovga yuklatildi.


“Azot va oltingugurt tutgan kompleks mineral o'g'itlar” ilmiy monografiyasi chop etildi

// 31 January 2020 yil

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O'zbekiston Fanlar Akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo instituti bilan hamkorlikda “Azot va oltingugurt tutgan kompleks mineral o'g'itlar” ilmiy monografiyasi chop etildi.