Tarmoq yangiliklar

2013 yil yanvar-sentabr oylarining yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” DAK korxonalari faoliyati to'g'risida

// 05 November 2013 yil

2013 yilning 9 oylik yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” korxonalarida 1,25 trln. so'mlik mahsulot hamda 90,2 mlrd.so'mlik xalq iste'mol tovarlari ishlab chiqarildi. 846,43 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 648,57 ming tonna azotli o'g'itlar, 122 ming tonna fosforli o'g'itlar va – 75,86 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.


2013 yil yanvar-iyun oylarining yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” DAK korxonalari faoliyati to'g'risida

// 21 July 2013 yil

2013 yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” korxonalarida 873,3 mlrd. so'mlik mahsulot hamda 56,8 mlrd.so'mlik xalq iste'mol tovarlari ishlab chiqarilib, mahsulot ishlab chiqarishning o'sish sur'ati 100,1%-ni tashkil qildi. 588,43 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 448,79 ming tonna azotli o'g'itlar, 79,96 ming tonna fosforli o'g'itlar va – 59,68 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi. Mahsulot eksporti prognozga nisbatan 130,7%-ni tashkil etdi.


2013 yil yanvar-mart oylarining yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” DAK korxonalari faoliyati to'g'risida

// 06 May 2013 yil

2013 yilning birinchi choragi yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” korxonalarida 408,8 mlrd. so'mlik mahsulot hamda 23,9 mlrd.so'mlik xalq iste'mol tovarlari ishlab chiqarilib, mahsulot ishlab chiqarishning o'sish sur'ati 104,5%-ni tashkil qildi. 15,7 mlrd.so'mlik kimyo mahsulotning yangi turlari ishlab chiqarildi.