“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati mamlakatimiz kimyogarlari nomidan O'zbekiston xalqini ulug' bayram – Konstitutsiya kuni bilan chin dildan qutlaydi! Mehnatsevar, qo'li gul xalqimizning yaratuvchanlik va bunyodkorlik jabhasida erishayotgan yutuqlari tobora ko'payib, yurtimiz kundan-kun chiroy ochaversin! Har bir xonadonga tinchlik va omonlik, baxt-saodat, dasturxonlariga qut-baraka, amalga oshirayotgan xayrli ishlariga omad tilaymiz!
2015 yilning yanvar-oktabr oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 1794,4 mlrd. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarilib, 2014 yilning shu davriga nisbatan o'sish sur'ati 102% tashkil qildi. Ayni paytda 161,4 mlrd.so'mlik xalq iste'mol mollari ishlab chiqarildi va o'tgan yilning ayni davriga nisbatan o'sish sur'ati 117,9%. Sof holda 1043,5 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 801,6 ming tonna azotli o'g'itlar, 117,4 ming tonna fosforli o'g'itlar va 124,5 tыs.tonn ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.
“Maksam-Chirchiq” AJda suyuq azot-kaltsiy-magniyli o'g'itni ishlab chiqarish texnologiyasi yaratildi va mahsulotning tajriba partiyasi ishlab chiqarildi. Xom-ashyo sifatida dolomit, azot kislotasi va karbamid xizmat qiladi. Ushbu o'g'it g'alla, oziqa o'simliklar, sabzavot va mevalar yetishtirish uchun ishlatiladi. Hozirgi vaqtda respublika Fanlar Akademiyasining umumiy va noorganik kimyo Institutida mazkur o'g'it agrokimyoviy sinovlardan o'tkazilmoqda.
“Navoiyazot” AJda kaliy xlorati (Bertolet tuzi) ishlab chiqarish uchun sanoat-tajriba uskuna yaratildi. Bu modda gugurt ishlab chiqarishda, lak-bo'yoq, farmatsevtika, yog'och va kimyo sanoatida ishlatiladi. Mahsulotning tajriba partiyasi ishlab chiqarilib, «ATLAST INVEST» hamda «Nurafshon yulduz yog'dusi» MChJlarga sinovdan muvaffaqiyatli o'tkazildi. Shu kunlarda korxona oyiga 40 tonna mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha buyurtma oldi.
2015 yilning yanvar-sentabr oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 1646,4 mlrd. so'mlik tovar mahsulot (o'sish sur'ati 104,1%) hamda 150,5 mlrd.so'mlik xalq iste'mol mollari (o'sish sur'ati 117,7%) ishlab chiqarildi.