Joriy yilning 11 iyun kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 9012 tonna 24446,0 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi. Bir kun oldin bu ko'rsatkich yuqori bo'lgan ya'ni 10 iyun kuni 25652,0 mln. so'mlik 9977 tonna mineral o'g'itlar sotilgan.
Joriy yilning 10 iyun kuni soat 23:25da “Ximiya” podstantsiyasida qisqa tutashuv sabab 110kVli “L-Zarafshon” havo liniyasida elektr energiyasi o'chganligi natijasida “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi “Navoiyazot” AJ ob'ektlarida elektr uzilishi kuzatildi. Avtomatik tizim ishlashi natijasida korxonani ta'minlovchi LX-10, LX-4, LX-15 liniyalari Issiqlik energiya stantsiyasi liniyasi manbaiga o'tib, joriy yil 11 iyun kuni soat 03:42da “Ximiya” podstantsiyasi manbaiga qayta o'tildi.
Joriy yilning 10 iyun kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 9977 tonna 25652,0 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi. Bir kun oldin bu ko'rsatkich yuqori bo'lgan ya'ni 9 iyun kuni 32056,1 mln. so'mlik 12354 tonna mineral o'g'itlar sotilgan.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Xitoyning China National Chemical Engineering & Construction Corporation Seven, LTD (SS7) kompaniyasi bilan O'zbekiston kimyo sanoatida xorijiy kompaniya bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalarni yo'lga qo'yish imkoniyatlarini muhokama qilish bo'yicha ikki tomonlama muzokaralar o'tkazildi.
Joriy yilning 9 iyun kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 12354 tonna 32056,1 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi. Bir kun oldin bu ko'rsatkich past bo'lgan ya'ni 8 iyun kuni 28614,3 mln. so'mlik 10833 tonna mineral o'g'itlar sotilgan.