Ma’lumki, joriy yilning 17-19-iyun kunlari Navoiy shahri delegatsiyasi vakillari Xitoyning Xunan provinsiyasi Chjuchjou shahrida rasmiy tashrif bilan bo‘lishgandi. Uchrashuvlar doirasida do‘stona hamkorlikni mustahkamlashning yangi davrini boshlab beradigan 2024-2028-yillarga mo‘ljallangan memorandum imzolangan edi.
Jonajon Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligi barchangizga muborak boʻlsin! Osmonimiz hamisha musaffo, Vatanimiz hur, xalqimiz farovon boʻlsin!
Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining oʻttiz uch yilligi munosabati bilan taqdirlash haqidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Prezidiumi Qarori bilan “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QK direktori Mustafayev Jahongir Ibodullayevich “Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sanoat xodimi" faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Ta’kidlash joiz, qutlugʻ bayram arafasida e’tirof etilgan yurtdoshlarimiz orasida kimyo sanoati xodimlari ham borligi quvonarli holat.
“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi Sanobar Abduraxmanova “Maʼnaviyat fidoiysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi oʻz savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2024-yil 5-sentabr sanasidagi yakuni boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etadi.