Joriy yilning 31-oktabr kuni “Oʻzkimyosanoat” AJda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʻminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 595-son qarori ijrosini taʻminlash hamda davlat tili toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari ijrosi yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.
“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi o‘z savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2022-yil 31-oktabr sanasidagi yakuni bo‘yicha ma'lumotlarni taqdim etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-iyundagi PQ-4751-sonli hamda Vazirlar mahkamasining 2021-yil 15-iyundagi №373-sonli qarorlarida yuklatilgan vazifalarga muvofiq, “Kiberxavfsizlik markazi” DUK, Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot va kiberxavfsizlikning taʼminlanganligi holati 2022-yil 3-choragi yakuniy natijalari boʻyicha reyting baholash oʻtkazildi. Baholash “Kiberxavfsizlik markazi” DUKning axborot va kiberxavfsizlik monitoringi tizimidagi tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga asoslandi.
Samarqand shahrida O`zbekiston – Rossiya 3-ta’lim forumi o`tkazilmoqda. Unda Oʻzbekiston va Rossiya tomonidan 200 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, ishlab chiqarish korxonalari vakillari, vazirlik va idoralar masʼullari ishtirok etishmoqda. Ta’lim va ilm-fan rivojiga alohida e’tibor qaratuvchi “O`zkimyosanoat” AJ ham ushbu nufuzli tadbirda faol qatnashmoqda. Forumda “O`zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi o`rinbosari Yevgeniy Korjikov ham ma’ruza o`qidi.
“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi o‘z savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2022-yil 25-oktabr sanasidagi yakuni bo‘yicha ma'lumotlarni taqdim etadi.