“Zakovat“ intellektual oʻyini tashkil etildi

// 16 December 2025 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (59.66 MB)

Xodimlarning bilim va fikrlash qobiliyatini sinovdan oʻtkazish, jamoaviy hamkorlikni rivojlantirish va shaxsiy rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Oʻzkimyosanoat” AJ xodimlari oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi. 

Unda Jamiyat markaziy apparati xodimlaridan tuzilgan 9 ta jamoa ishtirok etdi. 

Qizgʻin va murosasiz, bahslarga boy oʻtgan bellashuvda eng kuchlilar saralandi. Gʻolib jamoalarga “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi. 

Shuningdek, avval xabar berganimizdek, Gimnastika barcha uchun shiori ostida oʻtkazilgan Gimnastrada oʻyinlarining  Prezident kubogi musobaqalarida “Oʻzkimyosanoat” AJ xotin-qizlari jamoasi ham yorqin chiqishlari bilan ishtirok etib, “Kompozitsiyaning oʻziga xosligi” nominatsiyasida 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi. 

Jamoa aʼzolarining xodimlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi va jismoniy madaniyatni rivojlantirishdagi harakatlari eʼtirof etilib,  jamiyat tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.