Yurt obodligi — mahalladan boshlanadi!

// 13 March 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (97.52 MB)

Navroʻz umumxalq bayrami yaqinlashar ekan, yurtimiz boʻylab obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari yanada jadal tus olmoqda. 

Ana shunday xayrli anʼanalar davomida “Oʻzkimyosanoat” AJda ham “Yurt obodligi, avvalo mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq hashari oʻtkazildi.

Tadbirda Jamiyat rahbariyati va xodimlari faol ishtirok etib, ish joylari atrofini obod qilishga oʻz hissalarini qoʻshdilar. Hashar davomida xizmat binolari hududi tartibga keltirilib, atrof-muhit tozalandi, daraxt va manzarali koʻchatlar parvarish qilindi. 

Shu bilan birga, yashil maydonlarni kengaytirish va hududning koʻrkamligini oshirishga qaratilgan bir qator amaliy ishlar bajarildi.

Shuningdek, yoʻlaklar tozalanib, yashil hududlar obod holatga keltirildi. Bu kabi hasharlar nafaqat ish joylarini yanada koʻrkam qilishga xizmat qiladi, balki jamoada hamjihatlik va birdamlik muhitini mustahkamlaydi.

Navroʻz arafasida tashkil etilayotgan bunday tadbirlar tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish, pokiza muhitni asrash va milliy qadriyatlarga hurmat ruhini yanada kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.