Yozyovon tumanida hududga biriktirilgan “Oʻzkimyosanoat” AJ masʼullaridan iborat ishchi guruh tomonidan jarayon joyiga chiqqan holda oʻrganildi

// 11 February 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (833.35 KB)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida 4–28-fevral kunlari roʻyxatga olish jarayonining ikkinchi bosqichi amalga oshirilmoqda.

Yozyovon tumanida hududga biriktirilgan “Oʻzkimyosanoat” AJ masʼullaridan iborat ishchi guruh tomonidan jarayon joyiga chiqqan holda oʻrganildi. 

Xususan, “Xonobod”, “Yoshlar” hamda “Yuqori soy boʻyi” mahallalari yettiligi ishtirokida muhokamalar oʻtkazilib, MFYlar hamda tuman shtabi bilan kundalik hamkorlikni taʼminlash, vazifalarni muvofiqlashtirish, shuningdek, belgilangan topshiriqlarni sifatli, toʻliq va belgilangan tartibda bajarish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, roʻyxatga olish tadbiri ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlarni aniq shakllantirish va hududlar kesimida ishonchli maʼlumotlar bazasini yaratishga xizmat qilishi jarayon masʼullariga tushuntirildi.