Yoshlarga e'tibor e'tirof etildi

// 04 July 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (173.78 KB)

Yurtimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, yigit-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidor va qobiliyatini yuzaga chiqarishdagi faolligi uchun “Navoiyazot”AJ namunali tashkilot, deya e’tirof etilib, viloyat hokimligining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi. 

Joriy yilning dastlabki 6 oyi natijalariga ko‘ra, viloyatdagi korxona va tashkilotlar orasida jamiyatda yoshlar masalasi alohida e’tiborda ekanligi, kimyogar yigit-qizlar yetakchilar safidaligi e’tirof etildi. Tashakkurnoma korxona boshqaruvi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jasur Shamsiddinovga topshirildi.

"NAVOIYAZOT" AJ AXBOROT XIZMATI