Yoshlar maslahatchilari va ularning koordinatorlari uchun 3-kunlik oʻquv-seminari boʻlib oʻtdi

// 12 March 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (858.27 KB)

3-kungi mashgʻulotlar ham yoshlar uchun zarur bilimlar va maʼlumotlarga boy boʻldi. 

“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruv raisining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi Sanobar Abduraxmanova “Yoshlar ishlari boʻyicha maslahatchining tashqi imiji va maʼnaviy qiyofasi. Yoshlar bilan ishlashda kasbiy axloq tamoyillari” mavzusida suhbat oʻtkazdi.  

Iqtisodiyot va biznesni rejalashtirish departamenti boshligʻi oʻrinbosari Bexzod Gʻafurov yoshlar maslahatchilarining ish faoliyatini jamiyat biznes-rejasida toʻgʻri aks etilishi borasida maʼruza qildi. Yoshlar maslahatchilari uchun tadbir, tanlovlarni tashkil etishda zarur boʻlgan koʻnikmalar bilan oʻrtoqlashdi. 

Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens boshqarmasi bosh mutaxassisi Muhammadali Asrorov bilan yoshlar o'rtasida Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi davlat siyosati va uning ustuvor yoʻnalishlari mavzusida suhbat bo'lib o'tdi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Kasaba uyushmalari federatsiyasi va Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati kengashlari tomonidan yoshlarga oid davlat dasturining bajarilishida “Eng faol tashkilot” sifatida topilgan “Maxam-Chirchiq” AJning boshqaruvi raisi yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi Roʻzmat Baydullayev ham soʻzga chiqib, oʻz tajribasi bilan oʻrtoqlashdi. Yoshlar maslahatchilari uchun tashkiliy masalalarda tavsiya va maslahatlarini berib oʻtdi. Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi bosh mutaxassisi Doniyor Ahmedov ishtirokchilar bilan iqtidorli yoshlarni aniqlash haqida suhbat qurdi. Zamonaviy, yosh mutaxassis uchun muhim koʻnikmalar, shaxsiy fazilatlar boʻyicha oʻz bilimlari bilan boʻlishdi.