“Yosh kitobxon” hamda “Kitobxon xodim” koʻrik-tanlovlarining respublika bosqichi gʻoliblari aniqlandi

// 23 October 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (29 MB)

Bugun “Oʻzkimyosanoat” AJda tarmoq korxonalarining 30 yoshgacha va 30 yoshdan yuqori boʻlgan xodimlari oʻrtasida oʻtkazilgan “Yosh kitobxon” hamda “Kitobxon xodim” koʻrik-tanlovlari sovrindorlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. 

Qizgʻin va murosasiz kechgan bellashuv natijalari quyidagicha boʻldi:

“Yosh kitobxon” tanlovi boʻyicha:

1-oʻrin – Dilnoza Abdullayeva – “Navoiyazot” AJ
2-oʻrin – Rayhon Joʻraqulova – “Navoiyazot”  AJ
3-oʻrin – Amrillo Nurillayev – “Qizilqum fosforit kompleksi” MCHJ;

“Kitobxon xodim” tanlovi boʻyicha:

1-oʻrin – Munisa Ernazarova – “Navoiyazot” AJ
2-oʻrin – Nilufar Norqobilova – “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ
3-oʻrin – Hasan Ashurov – “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ.

Sovrindorlarga maxsus statuetka, kitoblar toʻplami, pul mukofoti va esdalik sovgʻalari topshirildi. 

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati