Yong‘inni oldini olish choralari ko‘rilmoqda

// 19 November 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (418.76 KB)

Yong‘in keltirib chiqaradigan oqibatlar mulk, inson hayoti, salomatligiga xavf soladi. Shu bois bunday ko‘ngilsiz holatning oldini olish eng samarali yo‘l hisoblanadi.“Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida reja asosida korxona xodimlari ishtirokida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilyapti.

Jamiyat negizida yangi investitsion loyihalar qurilishi davom etayotgan bugungi kunda ehtiyot choralarini ko‘rish, ayniqsa olov bilan bog‘liq ishlarni bajarishda kasb ko‘nikmalari va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etish zaruriy talab.

Muloqot ishtirokchilarining bu boradagi savollariga javob berilib, ularning ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida targ‘ibot materiallari tarqatildi.

"NAVOIYAZOT"AJ AXBOROT XIZMATI