“Yilning eng faol yosh xodimi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi

// 15 June 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (441.25 KB)

“O‘zkimyosanoat” AJ tizimi xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yilning eng faol yosh xodimi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi yakunlari bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.



Tanlov natijalariga ko‘ra:

“Yilning eng faol yosh xodimi” nominatsiyasi g‘olibi:
1-o‘rin - Otabek Tursunboyev - “Maxam-Chirchiq” AJ yosh xodimi;
2-o‘rin - Farxod Erkinov - “Navoiyazot” AJ yosh xodimi;
3-o‘rin - Behruz Xayrilloyev - “Navoiyazot” AJ yosh xodimi.


Ishtirokchilar tanlov davomida kasbiy bilim va ko‘nikmalari, tashabbuskorligi, liderlik salohiyati hamda jamoatchilik faolligini namoyon etdilar. Ko‘rik-tanlov yosh xodimlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda tizimda iqtidorli kadrlar zaxirasini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
G‘olib va sovrindorlarni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.