
Yevropa elastomerlar bozori hajmi 2026-yilda 25,9 mlrd AQSH dollariga yetadi. Tahlillarga koʻra, 2025–2035-yillar davomida bozor 64 foizga oʻsib, 24,7 mlrd dollardan 40,5 mlrd dollargacha yetishi hamda yillik oʻrtacha 5 foiz surʼatda rivojlanishi kutilmoqda.
Bozor oʻsishining asosiy harakatlantiruvchi omili avtomobilsozlik sohasi boʻlib, bu elektr avtomobillariga oʻtish va barqaror rivojlanish sohasidagi qatʼiy talablar bilan izohlanadi.
2025-yilda bozorning 17,8 foiz ulushini tashkil etgan isteʼmol tovarlari segmenti eng tez oʻsuvchi yoʻnalish sifatida qayd etilmoqda. Shu bilan birga, sanoat (24,6 foiz) va avtomobilsozlik tarmogʻi (24,7 foiz) bozorning asosiy segmentlari boʻlib qolmoqda. Tibbiyot sohasi esa umumiy bozorning qariyb 20 foizini tashkil etadi.
Tahlillarga koʻra, jahon elastomerlar bozori hajmi 2026-yildagi 115,4 mlrd AQSH dollaridan 2034-yilga kelib 175 mlrd AQSH dollarigacha oʻsishi prognoz qilinmoqda.