Xushxabar - “O‘zkimyosanoat” AJ yetakchi buxgalteri “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

// 06 March 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (2.17 MB)

Xushxabar - “O‘zkimyosanoat” AJ Buxgalteriya va korporativ hisoboti boshqarmasi yetakchi buxgalteri Nodiraxon Rizayeva “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. 

“Moʻtabar ayol” ko‘krak nishoni bilan jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishiga va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan, joylarda ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish va milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar taqdirlanadilar.

Ahamiyatlisi, shunday yuksak e’tirof etilgan ayollar orasida Jamiyatimizning endi yana bir mutaxassisi bor. 

“O‘zkimyosanoat” AJ jamoasi Nodiraxon Rizayevani ushbu mukofot bilan qutlaydi va kelgusidagi ishlariga ulkan zafarlar, oilaviy farovonlik tilaydi.