“OʻZKIMYOSANOAT” AJDA TARMOQ KORXONALARI XOTIN-QIZLAR KENGASHLARI ISHTIROKIDA “JAMIYAT XOTIN-QIZLARI MANFAATLARINI SAMARALI TAʼMINLASH” MAVZUSIDA ONLAYN MULOQOT OʻTKAZILDI

// 16 July 2022 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (257.38 KB)

“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati xotin-qizlar boshlangʻich tashkiloti raisi S.Abduraxmanova boshchiligida tarmoq korxonalari xotin-qizlar boshlangʻich tashkiloti raislari hamda Xotin-qizlar kengashi aʼzolari ishtirokida onlayn muloqot oʻtkazildi.

Onlayn muloqotda tarmoq korxonalari boshlangʻich tashkiloti raislari tomonidan ishlab chiqilgan “Yoʻl xarita”lari muhokama qilindi. Ularga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha amaliy tavsiyalar berildi. Xususan, korxonalardagi xotin-qizlarning ijtimoiy koʻmakka muhtoj qismini aniqlab olish, yosh oilalarga har tomonlama koʻmaklashish, chora-tadbirlar rejasini puxta va manzilli tarzda ishlab chiqish taʼkidlandi.

Shuningdek, “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati xotin-qizlar boshlangʻich tashkiloti raisi S.Abduraxmanova tomonidan korxonalarda faoliyat olib boradigan xotin-qizlar oʻrtasida turli sport musobaqalari oʻtkazish, malakali shifokorlar, psixologlarni jalb qilgan holda davra suhbatlari, semiran-treninglar tashkil etish, oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning soni va sifatini oshirish boʻyicha aniq takliflar bildirildi.