Xitoylik mutaxassislar “Navoiyazot” AJda bo‘lishdi

// 09 September 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (415.88 KB)

Ma’lumki, joriy yilning 17-19-iyun kunlari Navoiy shahri delegatsiyasi vakillari Xitoyning Xunan provinsiyasi Chjuchjou shahrida rasmiy tashrif bilan bo‘lishgandi. Uchrashuvlar doirasida do‘stona hamkorlikni mustahkamlashning yangi davrini boshlab beradigan 2024-2028-yillarga mo‘ljallangan memorandum imzolangan edi.

Navoiy va Chjuchjou shaharlari o‘rtasida kimyo sanoatidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, ko‘p qirrali va ikki tomonlama manfaatli aloqalarni yanada yaxshilash maqsadida 16 nafar xitoylik tadbirkor va mutaxassislar korxonada bo‘lishdi.

Mehmonlar jamiyatdagi ishlab chiqarish majmualari, yangi investitsion loyihalar bilan tanishdilar. Xususan, korxonada Xitoy bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan bir qator quvvatlar xususida o‘zaro fikr almashildi. Mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, sifat ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilash, eksport imkoniyatlarini kengaytirish, mutaxassislar malakasini oshirish borasida kelgusida hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar haqida kelishuvga erishildi.

"NAVOIYAZOT" AJ AXBOROT XIZMATI