Xitoy 2027-yil uchun mineral oʻgʻitlar importi kvotalarini belgiladi

// 14 October 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (302.4 KB)

Xitoyda mineral oʻgʻitlar importi boʻyicha tarif kvotalari hamda ularni taqsimlash tartibi belgilandi.

Umumiy hisobda Xitoy korxonalari 13,65 mln tonna mineral oʻgʻit import qilishlari mumkin.

Ushbu hajmning

  • 3,3 mln tonnasi — karbamid,
  • 6,9 mln tonnasi — diammoniyfosfat
  • 3,45 mln tonnasi esa kompleks oʻgʻitlar hissasiga toʻgʻri keladi.


Kvotalar quyidagicha taqsimlanadi:
Sinochem Group va China National Agricultural Means of Production Group Corporation davlat kompaniyalari — ularga 2,97 mln tonna karbamid, 3,52 mln tonna DAP va 1,76 mln tonna kompleks oʻgʻitlar importi uchun kvota ajratildi.
Nodavlat korxonalar — ular 330 ming tonna karbamid, 3,38 mln tonna DAP va 1,69 mln tonna kompleks oʻgʻitlarni import qilishlari mumkin.

2027-yil uchun belgilangan kvotalar doirasidagi mineral oʻgʻitlar hajmi 2026-yilda belgilangan umumiy miqdorga teng.