“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga qaratilgan tadbir tashkil etildi

// 23 February 2021 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (134.8 KB)

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tizim korxonalari xodimlari o'rtasida korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida tushuntirish ishlarini olib borish, xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan navbatdagi tadbir tashkil etildi.

So'nggi yillarda respublikamizda korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida, shu jumladan, sanoat korxonalarida korruptsion omillarga chek qo'yishga qaratilgan keng ko'lamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Natijada korruptsiya xavf-xatarlarini o'z vaqtida aniqlash va chek qo'yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish hamda ularni minimum darajaga tushirishga xizmat qilmoqda.

Tadbir davomida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti katta inspektori Z.Egamberidev so'zga chiqib, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti o'z vakolatlari doirasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish bilan bog'liq jinoyatlar va ularning mexanizmlarini aniqlash, iqtisodiy va korruptsiya bilan bog'liq boshqa jinoyatlar bo'yicha tezkor-qidiruv faoliyatini, tergovga qadar tekshiruvni va surishtiruvni amalga oshirishi to'g'risida misollar yordamida batafsil ma'lumot berdi.

Shuningdek, “O'zkimyosanoat” AJ Komplaens xizmati boshlig'i Sh.Sag'dullaev so'zga chiqib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “O'zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5729-sonli Farmonida korruptsiyaga qarshi kurashish maqsadida komplaens nazorat tizimini joriy etish vazifasi belgilanligi hamda ushbu farmon talablari asosida “O'zkimyosanoat” AJ va tizim korxonalarida komplaens nazorat tizimi joriy etilganligi haqida to'xtalib o'tdi.

Kimyo sanoati korxonalarining 2021 yil uchun biznes rejasidagi sovg'a berish, vakillik xarajatlarini optimallashtirish natijasida 1,6 mlrd so'm miqdoridagi mablag'lar tejalishi bilan birga korruptsion holatlarning oldi olindi.

“O'zkimyosanoat” AJda korruptsiyaviy holatlarni oldini olish maqsadida ishonch telefoni yo'lga qo'yilgan hamda tashkilotning rasmiy veb-saytida “Korruptsiyaga qarshi kurashish” bo'yicha alohida sahifa ochilgan va unda bu sohadagi me'yoriy hujjatlar va yangiliklar yoritilmoqda.

Tadbir so'nggida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati