Ish staji: 3 yil
Toʻliq ish kuni
Majburiyatlar:
- Algoritmlar va statistik modellarni ishlab chiqish;
- Ma'lumotlarda anomaliyalarni topish;
- Biznes natijalarini mijozga talqin qilish va taqdim etish;
- DWHda ma'lumotlar bazalarini integratsiyalashda ishtirok etish;
- BI boshqaruv panelini yaratish va qo’llab-quvvatlash;
- Motivatsion va boshqaruv hisobotlarini ishlab chiqish va tuzatish (bir martalik va muntazam);
- Ichki mijoz bilan o'zaro hamkorlik, talablarni aniqlashtirish, yechimni birgalikda ishlab chiqish;
- Qlik Sense’da ma’lumotlarni vizuallashtirish;
- Boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish/optimallashtirish maqsadida o'rganish;
- Jarayonlardagi mantiqiy/texnik masalalarni izlash va ularning ommaviy xarakterini raqamlar negizida asoslash;
- Prognoz qilish tizimida tovarlarning turli guruhlari uchun optimal prognozlash parametrlarini tanlash;
- Tijorat xizmatlaridan olingan ma'lumotlarga ko'ra prognozlash tizimida prognozlash omillarini (tenderlar, oldindan buyurtmalar, mahsulot/mijozlarni bloklash, yangiliklar) aniqlash;
- Boshqa foydalanuvchilar tomonidan prognozlash omillarining tizimga o‘z vaqtida va to‘g‘ri kiritilishini nazorat qilish;
- Tizimdagi ma'lumotlarni yangilash (jo'natilmagan hajmlarni o'z vaqtida qayta taqsimlash, ilgari qayd etilgan prognozlash omillarini sozlash, yangi omillarni aniqlash);
- Haqiqiy ko‘rsatkichlarning prognozlardan chetlanishining omilli tahlili, chetlanish sabablarini tahlil qilish.;
- Ma'lumotlarni yig'ish va jarayonlarni tavsiflash, tizimni ishlab chiqish uchun topshiriqlarni yozish;
- Sotish statistikasi, sotish prognozi va boshqalar bo'yicha ishlab chiqarish, ta'minot va boshqalar bo'limlaridan joriy tahliliy topshiriqlarni bajarish.
Talablar:
- Oliy ma'lumot (iqtisodiyot, moliyaviy menejment, buxgalteriya hisobi, texnik);
- Ma'lumotlar tahlilchisi sifatida kamida 3 yil ish tajribasiga ega bo’lishi;
- Matematik statistika va ehtimollar nazariyasi haqida umumiy tushuncha;
- Biznes jarayonlarini tahlil qilish/o‘zgartirish tajribasi;
- Ma'lumotlarga asoslangan mahsulotlarni joriy etish/o'zgartirish tajribasi.
- Oddiy SQL so'rovlarini tuzish va tushunish qobiliyati (ilg'or darajadagisi afzalroq)
- Biznes jarayonlarini modellashtirish ko'nikmalariga ega bo’lishi
- Katta hajmdagi axborotlar bilan ishlash qobiliyati
- Yuqori muloqot va muzokaralar olib borish qobiliyati
- MS Office paketi bilan ishlash malakasi
- "BigData" bilan ishlash malakasi;
- BI ko'nikmalarining mavjudligi tanlashda mutlaq ustunlik bo'ladi
- 1C ERP va har qanday BI tizimlarida tajriba bo’lishi afzallik beradi
- Tanqidiy fikrlash;
- Muloqot qobiliyatlari, murakkab ma'lumotlarni qulay tilda yetkazish qobiliyati, jamoada bilash ishlash.
Ish Sharoiti
- O'z vaqtida kafolatlangan ish haqi;
- Kasbiy o'sish imkoniyati;
- Ish haqi muvaffaqiyatli nomzod bilan muhokama qilinadi;
- Loyiha, ijodiy va innovatsion professional jamoada ishlash;
- Qiziqarli biznesga sho'ng'ish va ichki jarayonlarni o'rganish, boshqa bo'limlar ishiga qo'shilish va kasbiy ufqlaringizni kengaytirish imkoniyati;
- Mehnat qonunchiligiga muvofiq ro'yxatdan o'tish;
- Jozibador paket: oylik, choraklik mukofotlar.