“O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan o‘tkazilayotgan biznes-forumning ilk kunida Tatariston bosh vaziri o‘rinbosari, Sanoat va savdo vaziri Oleg Korobchenko boshchiligidagi delegatsiya va rossiyalik 30 dan ortiq ishbilarmonlar “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparki faoliyati, rezidentlar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan yaqindan tanishishdi.
“O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi v.b Timur Muxamedjanov ishtirokchilarni ikki mamlakat ishbilarmonlari uchun muhim tadbir bilan tabrikladi.
Chirchiq shahri hokimi Davron Hidoyatov shaharning iqtisodiy va geografik salohiyati haqida taqdimot qildi.
Rossiyaning “Ximgrad” AJ bosh direktori Ayrat Gizzatulin ishlab chiqarishni mahalliylashtirish tajbirasi haqida nutq so’zladi.
Eslatib o‘tamiz, tadbirlar davom etmoqda. Bugun O'zbekiston va Tatariston ishbilarmon doiralari uchun biznes-forumning rasmiy qismi bo’lib o’tmoqda. Jarayonlarni kuzatib boring.