“Til – millat ko'zgusi”

// 21 October 2020 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (153.69 KB)

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 21 oktabr O'zbek tili bayrami kuni va o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 31 yilligi munosabati bilan “Til – millat ko'zgusi” mavzusida videokonferentsaloqa shaklida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda “O'zkimyosanoat” AJ va tashkilot tizimidagi korxonalar mas'ul xodimlari ishtirok etdi. Tadbir davomida Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazi direktori, filologiya fanlari nomzodi, dotsent I.Azimov tilning jamiyatdagi o'rni va ahamiyati, o'zbek tilining mavqei va nufuzini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida ma'lumot beradi.

Tadbir bevosita muloqot tarzida o'tkazilib, ishtirokchilar tizim xodimlarining o'zbek tilini o'rganish va davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish kurslarida malaka oshirishga oid o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati