Ustozga ehtirom — kasbga sadoqat ifodasi

// 01 October 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (517.25 KB)


1 oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “O‘zkimyosanoat” AJda ko‘p yillar davomida sohada fidokorona mehnat qilib, o‘zining boy tajribasi va bilimlarini yosh avlodga o‘rgatib kelgan faxriy kimyogarlar holidan xabar olindi.
Tashrif davomida mehnat faoliyati davomida ko‘plab yosh mutaxassislarga kasb sir-sinoatlarini o‘rgatgan, ularning professional shakllanishiga munosib hissa qo‘shgan ustozlar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazildi.

Ustozlarning ko‘p yillik mehnati, soha rivojiga qo‘shgan hissasi va yosh mutaxassislarni tarbiyalashdagi xizmatlari alohida e’tirof etilib, ularga qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

Zero, ustozning mehnati — avlodlar davomiyligi, tajriba va bilimning eng qimmatli merosidir.