Uchtepa tumani hududida joylashgan ta'lim muassasalari holati o'rganildi

// 14 March 2025 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (535.47 KB)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-martdagi F-18-sonli farmoyishida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan “Oʻzkimyosanoat” AJ rahbariyati va masʼullaridan iborat ishchi guruhi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.  

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining oʻrinbosari S.Mirzayev, “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruv raisining oʻrinbosari A.Kurbanov hamda Uchtepa tumani hokimi oʻrinbosarlari hamrohligida mazkur tuman hududida joylashgan umumtaʼlim maktabi va maktabgacha taʼlim muassasalarining holatlari oʻrganildi.

Tumandagi 365 va 469-sonli maktabgacha taʼlim muassasalari binosining fasad qismi va xonalari taʼmirtalabligi, eshik-romlarining yangisini oʻrnatish, zamonaviy shart-sharoitlarni yaratish zarurligi aniqlandi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan ushbu maktabgacha taʼlim muassasalarini kapital taʼmirlashda moddiy yordam koʻrsatish masalalari muhokama qilindi. Tuman hokimligi vakillari bilan pudratchi korxonalarni aniqlash boʻyicha vazifalar belgilandi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati