Toshkentda O‘zbekiston – Serbiya biznes-forumi va sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

// 30 October 2025 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (10.98 MB)

  Toshkent shahridagi “Texnopark” majmuasida 29-oktyabr kuni O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan biznes-forum hamda ikki davlat sanoat ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Mazkur tadbir Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchichning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida tashkil etilib, unda har ikki davlat hukumat vakillari, tegishli idoralar mas’ullari va 100 dan ortiq tadbirkorlar ishtirok etdi.

  Forum davomida sanoat, energetika, kimyo, mashinasozlik, farmatsevtika va boshqa yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Sanoat ko‘rgazmasida O‘zbekistonning yirik  ishlab chiqaruvchilari, jumladan “O‘zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalari mahsulotlari taqdim etildi.

Tadbir ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish va yangi investitsion imkoniyatlarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati