Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Bitiruvchi – 2026” diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

// 03 August 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (613.5 KB)

Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2025–2026-o‘quv yili bitiruvchilariga diplomlarni tantanali topshirish marosimi yuqori saviyada tashkil etildi.

Tadbirda “O‘zkimyosanoat” AJ Boshqaruvi raisi O.Sh.Temirov, Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori B.Sh.Usmonov, ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari va vakillari, prorektorlar, fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari, professor-o‘qituvchilar, faxriy ustozlar, bitiruvchilarning ota-onalari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.



Marosimni kirish so‘zi bilan O.Sh.Temirov va B.Sh.Usmonov ochib berib, bitiruvchilarni oliy ta’limni muvaffaqiyatli tamomlaganliklari bilan samimiy muborakbod etdilar. O‘z nutqlarida bugungi bitiruvchilar mamlakatimiz sanoati, kimyo va oziq-ovqat texnologiyalari, farmatsevtika, energetika hamda boshqa muhim tarmoqlarni rivojlantirishda munosib hissa qo‘shadigan zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislar ekanini alohida ta’kidladilar.



Shuningdek, yosh mutaxassislarga o‘z kasbiga sadoqat bilan yondashish, doimiy izlanish va innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish orqali Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishlari, qayerda faoliyat yuritishidan qat’i nazar institut sha’nini munosib himoya qilishlari borasida ezgu tilak va tavsiyalar bildirildi.



Bitiruvchilarning ota-onalariga farzandlarini voyaga yetkazish va ularning ta’lim olishi yo‘lidagi fidokorona mehnatlari uchun alohida minnatdorlik izhor etildi.