Singapur olimlari aralash plastikni erituvchilarsiz qayta ishlash texnologiyasini yaratdi

// 10 July 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1.77 MB)


Singapurlik olimlar erituvchilardan foydalanmagan holda koʻp qatlamli plastik qadoqlarni qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqdi. DIPS (Depolymerization-Induced Polymer Separation) deb nomlangan mazkur jarayon haqida Recycling International ixtisoslashgan nashri xabar berdi.

Texnologiya mualliflarining taʼkidlashicha, DIPS uzluksiz ikki shnekli reaktiv ekstruziya tizimiga asoslangan boʻlib, glitserin ishtirokida plastikning bir turini tanlab parchalaydi, ikkinchi turini esa oʻzgarishsiz saqlab qoladi.

Polietilentereftalat (PET) va polipropilen (PP)dan tayyorlangan koʻp qatlamli qadoqlarni qayta ishlash jarayonida PET glitserin bilan reaksiyaga kirishib, tabiiy ravishda PPdan ajralib chiqadi. Kimyoviy qayta ishlashning aksariyat boshqa texnologiyalaridan farqli oʻlaroq, mazkur tizim xona haroratida ishlaydi.
Laboratoriya sinovlari natijalariga koʻra, qayta tiklangan PP oʻzining dastlabki choʻzilishga chidamlilik xususiyatining 90 foizgachasini saqlab qolgan. Hozirgi vaqtda bunday materialdan toʻgʻridan-toʻgʻri qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalanish imkoni mavjud emas, biroq u boshqa kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishda xomashyo sifatida qoʻllanilishi mumkin.

Tadqiqotchilarning fikricha, kelgusida DIPS texnologiyasini aralash plastiklarning boshqa turli kombinatsiyalariga ham moslashtirish mumkin.
Ayni paytda ishlanma mualliflari texnologiyani sanoat miqyosida sinovdan oʻtkazish uchun ishlab chiqarish korxonalari orasidan hamkorlar izlamoqda.