Oʻzining yuksak azmu shijoati, bilim va salohiyati, isteʼdod va qobiliyatini namoyon etib, turli sohalarda erishgan yutuqlari bilan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotiga, uning shon-shuhratini jahon miqyosida yanada yuksaltirishga munosib hissa qoʻshayotgan, el-yurtimizga mehri va sadoqati, namunali xulqi va odobi hamda vatanparvarlik fazilatlari bilan tengdoshlariga har tomonlama oʻrnak boʻlib kelayotgan tashabbuskor va yetakchi yoshlar qatorida “Oʻzkimyosanoat” AJ tizimidagi “Navoiyazot” AJning Polivinilxlorid ishlab chiqarish, kaustik soda va metanol majmuasida faoliyat yurituvchi Sharipova Mahliyo Esan qizi Prezidentimiz tomonidan “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi. Bu yurtboshimizning kimyo sanoatidagi yoshlarga boʻlgan yuksak eʼtiborining ifodasidir!
Mahliyo Sharipovani yana bir bor “Oʻzkimyosanoat” AJ nomidan sharafli mukofot bilan tabriklaymiz!