Ta'lim jarayonini ishlab chiqarish bilan uyg'unlashtirishga qaratilgan amaliy muloqot tashkil etildi

// 23 January 2021 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (197.26 KB)

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ta'lim jarayonini ishlab chiqarish bilan uyg'unlashtirish hamda ishlab chiqarish loyihalarini ilmiy-texnik jihatdan takomillashtirishga qaratilgan amaliy muloqot tashkil etildi.

Tadbirda Toshkent kimyo-texnologiya instituti professor o'qituvchilari, ilmiy xodimlari, “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxona-tashkilotlar rahbar-xodimlari hamda vazirlik idoralar vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida ishlab chiqarishni o'ziga xosligi va xususiyatidan kelib chiqib, Toshkent kimyo-texnologiya instituti ixtisoslik kafedralari hamda professor o'qituvchilari va ilmiy xodimlarini ishlab chiqarish korxonalariga biriktirish, har bir mutaxassislik va ta'lim yunalishlari bo'yicha talabalarning malakaviy ishlab chiqarish hamda diplomoldi amaliyotlarini tarmoq korxonalarida tashkil etish vazifalari muhokama etildi va chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Ushbu chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, ta'lim yo'nalishi mos bo'lgan talabalar o'zlarining ishlab chiqarish amaliyotlarini “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxona-tashkilotlarda hamda D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiyalari universitetining Toshkent shahridagi filialining labaratoriyalarida olib borish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati