Sayyor seminar o'tkazildi

// 02 May 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (524.78 KB)

Kuni-kecha korxona sexlari rahbarlari va kasaba uyushma qo‘mitasi raislari bilan hamkorlikda “Kuch-birlikda” shiori ostida sayyor seminar  o‘tkazildi. 

Seminarda huquqshunoslik bo‘limning boshlig‘i A.Karakuziyev O‘zbekiston Respublikasining “Mehnat kodeksi”ni yangi tahriri haqida axborot berdi. Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi taqdimot ham namoyish etildi. 

Seminar ishtirokchilari, shuningdek, korxona “Jamoa shartnomasi” va “Ichki mehnat tartib qoidalari” bilan tanishtirildi. Kasaba uyushma qo‘mitasi raisining yangi tahrirdagi “Kundaligi” haqida ma’lumot berildi. Seminar davomida mavzularni mustahkamlash uchun turli treninglar tashkil etildi.  Sex  boshlig‘i va faollariga  hamkorlikda jamoa  bo‘lib ishlash  bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar, faoliyatga oid hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha ma’lumotlar berildi. 

“Maxam-Chirchiq” AJ Matbuot xizmati