Sarhisob: “Oʻzkimyosanoat AJ”da 2024-yilda energiya resurslari samaradorligini oshirish yuzasidan koʻrilgan choralar natijasi

// 10 January 2025 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (346.89 KB)

Mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmogʻi – sanoatda energiya resurslari samaradorligini oshirish, shu bilan birga, quvvatlardan oqilona foydalanish va energiyani tejash yuzasidan amaliy choralar koʻrilmoqda. Jumladan, kimyo sanoatida ham.

“Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarida 2024-yilda energiya samaradorligini oshirish va iqtisod qilishga qaratilgan “Yoʻl xaritasi” ijrosi yuzasidan 193 792,1 ming m3 tabiiy gaz va 257 880,1 ming kVt.s elektr energiyasini iqtisod qilishga erishildi.

Bunda albatta, davlatimiz rahbarining “Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 14-iyundagi qarori hamda Prezident rahbarligida 2024- yil 27-avgust kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida energiya samaradorligini oshirish va iqtisod qilish yuzasidan belgilangan vazifalarning ijrosi muhim ahamiyat kasb etdi.

Shu bilan birgalikda, sohada energiyaning muqobil manbalaridan tobora keng foydalanish yoʻlga qoʻyilmoqda. 2024-yilning oʻzida korxonalarda 6,6 MVt quyosh panellari oʻrnatildi. Bu bilan fotoelektr stansiyalarining umumiy quvvati 11,9 MVtga yetkazildi.

Jumladan, oʻtgan yilda “Maxam-Chirchiq” AJda 800 kVt, “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda 2 100 kVt, “Qizilqum fosforit kompleksi” MCHJda 160 kVt, “Ammofos-Maxam”AJda 500 kVt,  “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QKda 65 kVt, “Navoiyazot” AJda 3 000 kVt quyosh panellari oʻrnatildi.

      2025-yilda ham “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarida 4,5 MVt quvvatli fotoelektr stansiyalarini oʻrnatish rejalashtirilgan.

      “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati