2024-yil davomida “Oʻzkimyosanoat” AJ markaziy apparati va tarmoq korxonalariga jami 1823 ta yozma, ogʻzaki va elektron shakldagi murojaatlar kelib tushgan. Shundan jismoniy va yuridik shaxslardan bevosita kelib tushgan murojaatlar soni 1495 tani, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasidan kelib tushgan murojaatlar soni esa 328 tani tashkil etadi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ ijro apparati boʻyicha 2024-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 394 ta yozma, ogʻzaki va elektron murojaatlar kelib tushgan boʻlib, tahlillar 2023-yilning mos davriga nisbatan 32,7 foizga kamayganini koʻrsatadi.
Murojaatlarning 75,4 foizi qanoatlantirilgan, 21,8 foiziga tegishli tushuntirishlar berilgan, 2,8 foizi esa oʻrganish jarayonida.
Kelib tushgan murojaatlarning asosiy qismi yani 31,5 foizi Navoiy viloyati, 27,4 foizi Toshkent viloyati,21,8 foizi Qashqadaryo viloyati, 7,8 foizi Toshkent shahriga, qolgan 11,5 foiz murojaatlar esa boshqa viloyatlar hissasiga toʻgʻri keladi.
Shu bilan birga, 2024-yil davomida “Oʻzkimyosanoat” AJ rahbariyati tomonidan umumiy 41 ta sayyor qabullar oʻtkazilgan boʻlib, ularda 124 ta murojaat koʻrib chiqilgan. Bu jarayonda 94 ta murojaat ijobiy hal qilinib, qolgan 30 tasiga tushuntirish berilgan. Aksariyat murojaatlarga joyining oʻzida yechim topilgan.
"O'zkimyosanoat" AJ Matbuot xizmati