Germaniyaning SAP kompaniyasi mutaxassislari bilan onlayn video-seminar

// 02 May 2015 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (31.86 KB)

2015 yil 30 aprelda “O'zkimyosanoat” DAKda kompaniya korxonalari moliya-iqtisodiy, buxgalter hamda axborot-kommuemkatsiya xizmatlarining rahbarlar va mutaxassislariuchun moliya-iqtisodiy vazifalarni innovatsiiya texnologiyalarni yordamida yechish bo'yicha onlayn video-seminar Germaniyaning kompyuter dasturlarini yaratish SAP kompaniyasi ishtirokida tashkil qilindi.

Ushbu seminardan ko'zlangan maqsad – kompaniya korxonalarida ishlab chiqarish-xo'jalik va moliya-iqtisodiy faoliyatini “SAP korxona resurslarini boshqarish” dasturi negizidaboshqarish tizimnini joriy etish loyihasini muhokama etishdan iborat bo'ldi. Ushbu dasturishlab chiqarish va boshqarish jarayonlar avtomatlashtirilishiga qaratilgan.

Mazkur seminar davomida SAP ERP texnologiyalari asosida mobil tahliliy hisobotlar va ishlab-chiqarish borasidagi  dolzarb axborotning onlayn-tartibda tezkor uzatilishi korxona haqidagi uyg'unlashtirilgan yagona elektron korporativ axborot va uning moliyaviy xo'jalik faoliyati bo'yicha ma'lumotlar tizimiga erkin, o'z vaqtida va oson kirish imkoniyatini ta'minlaydi.