Bugun D.I.Mendeleev nomidagi RKTU Toshkent shahridagi filialiga qo'shimcha kirish imtihonlari o'tkazildi

// 06 October 2020 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (384.6 KB)

Bugun 6 oktabr kuni D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filialiga qo'shimcha kirish imtihonlarining birinchi kuni bo'lib o'tdi. Imtihonlar 6-9 oktabr kunlari uchta fan: matematika, kimyo va rus tili fanlari bo'yicha o'tkaziladi.

“O'zkimesanoat” AJ kirish sinovlarini tashkil etish va o'tkazishga xodimlarni safarbar etdi.

Imtihonlar sanitariya-gigiena qoidalariga va ijtimoiy masofaga rioya qilingan holda ochiq havoda o'tkazildi. Imtihonga kirishdan oldin har bir abiturientning harorati tekshirildi. Ayrim sabablarga ko'ra kirish imtihonlarida qatnasha olmagan abiturientlar tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgan holda zaxira kuni o'tkazib yuborilgan imtihonni topshirishlari mumkin.

Abiturientlar bir martalik tibbiy niqob, qo'lqop, ruchka va suv bilan ta'minlandilar.

Kimyo fani bo'yicha imtihonda D.I.Mendeleevning davriy jadvali va kalkulyator tarqatildi.

Kirish sinovlaridan ilgari o'tmagan abiturientlar boshqa ta'lim yo'nalishlari bo'yicha tanlovda ishtirok etishlari mumkin!

Kirish imtihonlarini o'tkazish manzili: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bog'ishamol ko'chasi, 223-uy. Botanika bog'i.

O'zkimyosanoat AJ Matbuot xizmati