D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filialida uchrashuv bo'lib o'tdi

// 05 July 2021 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (214.02 KB)

D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filialida Qatardagi Texas A&M universitetining (Texas A&M University Qatar) tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasining dotsenti (Associate professor) Sherzod Madraximov bilan universitet talabalarining uchrashuvi tashkil etildi.

Sherzod Madraximov yaqinda Qatardagi Texas A&M universitetining (Texas A&M University Qatar) tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasining dotsentligiga tayinlandi. Sh.Madraximov universitetdagi faoliyatini 2015 yilning avgust oyida boshlagan. U professor Djon Xartvig (Prof. John Hartwig) rahbarligida Illinoys Urbana- Illinoys Urbana-Shampeyn (University of Illinois Urbana-Champaign) universitetida bitiruv diplom ishini yakunlab, 2012 yilda falsafa doktori darajasini olgan.

Sh.Madraximovning universitetdagi ilmiy izlanishlari kimyoviy xom-ashyodan qo'shilgan qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun yuqori faol va qayta ishlanadigan katalizatorlarni ishlab chiqishga va bu katalizatorlarni tahlil qilish usullariga qaratilgan.

Qiziq savol-javoblarga boy bo'lgan uchrashuv yakunida universitet ma'muriyatining taklifiga binoan kamida uch oyda bir marta talabalar uchun mahorat darslari o'tkazish taklifi Sherzod Madraximov tomonidan ma'qullandi. Yangi 2021-2022 o'quv yilidan boshlab univetsitet talabalari kimyo fanining organik sintez va katalizatorlar yo'nalishida o'z bilimlarini yanada oshirish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati