Rossiya kimyo-texnologiya universiteti rektori bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

// 03 July 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (27.44 MB)

O‘zkimyosanoat“ aksiyadorlik jamiyatida D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti (RKTU) rektori Sergey Filatov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda kimyo sanoati uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada mustahkamlash hamda ilmiy hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.



Xususan, tomonlar filialning kimyo sanoati ta’lim-innovasion klasterida ishtirokini kengaytirish, dual ta’lim tizimini rivojlantirish, talabalar uchun ishlab chiqarish amaliyotlarini samarali tashkil etish va bitiruvchilarni ishga joylashtirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalarini muhokama qildi.

Shuningdek, kimyo sanoati ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda qo‘shma ilmiy-ta’lim loyihalarini amalga oshirish, ilmiy tadqiqotlar, akademik almashinuv dasturlari hamda mutaxassislar salohiyatini oshirish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan takliflar ko‘rib chiqildi.



Uchrashuv yakunida ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda kimyo sanoati uchun zamonaviy ta’lim muhitini shakllantirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib olindi.