RKTUning Toshkent shahridagi filialida 2025/2026-oʻquv yili uchun kirish imtihonlari boshlandi

// 22 July 2025 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (10.57 MB)

Ayni paytda sanoatning barcha sohalarida, xususan, kimyo sanoatida yuqori malakali yosh mutaxassislarga talab ortib bormoqda. Shu nuqtai nazardan, ularni tayyorlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 

Bugun D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo texnologiyalari universitetining Toshkent shahridagi filialida 2025/2026-oʻquv yili uchun kirish imtihonlari boshlandi. Bo‘lajak talabalar xorijiy til boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi. 

Imtihon jarayonlarining sifatli va shaffof oʻtishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Ota-onalar uchun alohida kutish zallari tashkil etildi. Unda “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari Yevgeniy Korjikov ham ishtirok etib, boʻlajak kimyogarlarni tabrikladi va muvaffaqiyatlar tiladi.

Kimyo va informatika fanlari boʻyicha imtihonlar 24-iyul kuni boʻlib oʻtadi.

 “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati